Germaniyada bepul o'qish

Germaniya butun dunyo bo'ylab talabalarni qamrab olish bo'yicha yetakchi o'rinda turadi. Germaniya universitetlari esa ta’lim tizimi yuqori bo'lgani sabab butun dunyoga mashhur. Har qanday ta'lim yo'nalishi bo'yicha ingliz va nemis tillarida nufuzli oliygohlarda o'qishni davom ettirish, qolaversa, o'qishdan tashqari ishlash imkoniyati mavjudligi talabalar qiziqishini yanada oshiradi.

Barchaga ma'lumki, Germaniyaning aksariyat universitetlarida tahsil olish bepul. Lekin, shunday grant dasturlari borki, u orqali siz nafaqat kontrakt to'lovlarsiz o'qiy olasiz, balki oylik stipendiyaga ega bo'lishingiz, safar va boshqa barcha xarajatlardan ozod bo'lishingiz ham mumkin. Ushbu postimiz orqali Germaniyada hech qanday xarajatlarsiz o'qish imkoniyatini beruvchi eng mashhur va nufuzli dasturlar haqida ma'lumot bermoqchimiz.

 

Almashinuv dasturlar

 

International Excellence Scholarship Program (IES)

Copernicus Berlin International Excellence Scholarship Program (IES) dasturi Germaniyaning nufuzli universitetlaridan birida bir semestr (6 oy) oʻqish imkonini beruvchi xalqaro almashinuv dasturi hisoblanadi. Dastur talabalarga Germaniyadagi 4ta universitetlardan birida (HU BerlinFU Berlin, HWR Berlin, University of Potsdam) oʻz sohasi boʻyicha bilimlarini chuqurlashtirish va nazariy bilimlarni 8 haftalik amaliyotlar(internship) orqali qoʻllash imkoniyatini beradi.

Kimlar uchun: 28 yoshdan kichik bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichi talabalari

Dastur tili: Ingliz yoki nemis. Bunda nemis tilini bilish darajasi kamida B1 yoki ingliz tilini bilish darajasi kamida B2 bo'lishi shart.

Moliyalashtirish turi: to'liq hamda qisman grantlar mavjud. Qisman grant xalqaro safar xarajatlar moliyalashtirilmasligi bilan farq qiladi. To'liq grantda esa barcha xarajatlar tashkilot tomonidan qoplanadi.

Qabul vaqti: dasturga yilda 2 marta ariza topshirish mumkin:

  • 1-apreldan 30-iyungacha (keyingi yil yozgi semestr uchun);
  • 1-oktyabrdan 20-dekabrgacha (keyingi yil qishki semestr uchun).

Dastur haqida batafsil: International Excellence Scholarship Program (IES) dasturi

Rasmiy havola: Dasturda kimlar ishtirok eta olishi, talabalar va imkoniyatlar bilan batafsil ushbu rasmiy havola orqali ma'lumot olish mumkin.

 

COPERNICUS almashinuv dasturi

COPERNICUS almashinuv dasturi Germaniyada bir semestr o‘qish va amaliyot o‘tashni istovchilar uchun Gamburg universiteti COPERNICUS - Kopernik nomidagi xalqaro stipendiyani taqdim etadi.

Kimlar uchun: 18 yoshdan kichik bo'lmagan Huquqshunoslik, Iqtisod, Siyosat, Tabiiy fanlar va Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishida o‘qiydigan bakalavr va magistr talabalari.

Dastur tili: nemis tili. Bunda nomzod nemis tilini kamida B2 darajada bilishini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lishi shart.

Moliyalashtirish turi: dastur bilan bog'liq barcha xarajatlar qoplanadi va oylik stipendiya beriladi.

Qabul vaqti: dasturga yilda 2 marta ariza topshirish mumkin:

  • Bahorgi semestr uchun 1-apreldan 1-sentyabrgacha;
  • Qishki semestr uchun 1-oktyabrdan 1-martgacha.

Dastur haqida batafsil: COPERNICUS almashinuv dasturi

Rasmiy havola: Dasturda kimlar ishtirok eta olishi, talabalar va imkoniyatlar bilan batafsil ushbu rasmiy havola orqali ma'lumot olish mumkin.

 

Yozgi til kurslari

 

 DAAD tashkiloti tomonidan har yili yozgi nemis tili kurslari uchun alohida dastur tashkil etilgan. Til kurslari har yili odatda iyun-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi va kamida 18 kun, ko‘pi bilan 5 hafta davom etadi. Har hafta kamida 25 soatlik darslarni o‘z ichiga oladi.

Kimlar uchun: 18 yoshdan katta bakalavr va magistratura bosqichi talabalari ishtirok eta oladi. Ishtirokchilar kamida nemis tilini A2 darajada bilishi talab etiladi.

Moliyalashtirish turi: ishtirokchilarga €1061 miqdordagi bir martalik stipendiya, Germaniyaga borib kelish xarajatalari uchun mablag‘ beriladi, qolaversa, turar joy va sug'urta xarajatlari ham qoplanadi.

Qabul vaqti: dasturga hujjat topshirish odatda har yili 15-sentabrdan 1-dekabrgacha davom etadi.

Dastur haqida batafsil: DAAD yozgi nemis tili kurslari

Rasmiy havola: Dasturda kimlar ishtirok eta olishi, talabalar va imkoniyatlar bilan batafsil ushbu rasmiy havola orqali ma'lumot olish mumkin.

 

Magistraturada o'qish uchun dasturlar

 

Germaniyada magistratura bosqichida o'qish haqida gap ketar ekan, birinchi navbatda DAAD tashkiloti tomonidan e'lon qilinayotgan grantlarga to'xtalib o'tish lozim. Ushbu grantlar barcha yo'nalishda o'qish imkoniyatini beradi, ayrim yo'nalishlar,jumladan, musiqa,amaliy san'at/kino/dizaynerlikarxitekturaktyorlik  iqtisodiyot yo'nalishlari uchun alohida dasturlar ham mavjud. O'qish davomiyligi universitet va yo'nalishlarga qarab 10 oydan 2 yilgacha davom etadi.

DAAD — Study Scholarships - Master Studies for All Academic Disciplines grant dasturi

DAAD — Study Scholarships - Master Studies for All Academic Disciplines -Germaniya universitetlarida magistratura bosqichini istalgan yo'nalishda davom ettirish uchun mo'ljallangan grant dastur hisoblanadi.

Kimlar uchun: bakalavr bosqichini tugatgan yoki uning so'nggi bosqichida o'qiyotgan barcha talabalar. Ingliz va nemis tillaridan kamida B2 darjadagi sertifikat talab etiladi, lekin til bilish darajasi tanlangan universitet talabiga mos kelishi kerak.

Moliyalashtirish turi: dastur ishtirokchilarining o'qish kontraktidan boshqa barcha xarajatlari to'liq moliyalashtiriladi va talabalarga oylik stipendiya va qo'shimcha moddiy yordam taqdim etiladi.

Qabul vaqti: qabul har yili 28-oktyabrga qadar davom etadi.

Dastur haqida batafsil: DAAD - Study Scholarships - Master Studies for All Academic Disciplines

Rasmiy havola: Dasturda kimlar ishtirok eta olishi, talabalar va imkoniyatlar bilan batafsil ushbu rasmiy havola orqali ma'lumot olish mumkin.

 

DAAD — Development-Related Postgraduate Courses (EPOS) dasturi

Development-Related Postgraduate Courses (EPOS) dasturi ham DAAD  tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan eng ommaboq grant dasturlardan biri.

Kimlar uchun: oʻqishni bitirganiga 6 yildan oshmagan va kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nemis yoki ingliz tilini biluvchilar dasturda ishtirok etishlari mumkin.

Moliyalashtirish turi: Gʻoliblarning samolyot bileti, oʻqish toʻlovi, yaʼni barcha xarajatlari qoplab beriladi. Magistratura talabalariga oyiga 861 yevro stipendiya ham to'lanadi.

Qabul vaqti: dasturga odatda har yili 1-iyuldan 31-avgustgacha ariza topshirish mumkin.

DAAD — Postgraduate Studies in the Field of the Performing Arts grant dasturi

DAAD - Postgraduate Studies in the Field of the Performing Arts dasturi ijro sanʼati (raqs, musiqa, xoreografiya, drama, teatr dramaturgiyasi va b.) boʻyicha Germaniya universitetlarida magistratura yoki qisqa muddatli kursda oʻqish imkoniyatini taqdim etadi.

Kimlar uchun: bakalavr bosqichini tugatgan va magistraturada o'qishni reja qilganlar.

Moliyalashtirish turi: dastur ishtirokchilarining o'qish kontraktidan boshqa barcha xarajatlari to'liq moliyalashtiriladi va talabalarga oylik stipendiya va qo'shimcha moddiy yordam taqdim etiladi.

Qabul vaqti: qabul har yili 28-oktyabrga qadar davom etadi.

Dastur haqida batafsil: DAAD - Postgraduate Studies in the Field of the Performing Arts grant dasturi.

Rasmiy havola: Dasturda kimlar ishtirok eta olishi, talabalar va imkoniyatlar bilan batafsil ushbu rasmiy havola orqali ma'lumot olish mumkin.

 

DAAD — Postgraduate Studies in the Field of Architecture grant dasturi

Kimlar uchun: arxitektura va unga aloqador yoʻnalishlar boʻyicha magistratura va undan keyingi qisqa kurslarni Germaniyada oʻqish istagida boʻlgan talabalar.

Moliyalashtirish turi: dastur ishtirokchilarining o'qish kontraktidan boshqa barcha xarajatlari to'liq moliyalashtiriladi va talabalarga oylik stipendiya va qo'shimcha moddiy yordam taqdim etiladi.

Qabul vaqti: qabul har yili 30-oktyabrga qadar davom etadi.

Dastur haqida batafsil: DAAD - “Postgraduate Studies in the Field of Architecture”

Rasmiy havola: Dasturda kimlar ishtirok eta olishi, talabalar va imkoniyatlar bilan batafsil ushbu rasmiy havola orqali ma'lumot olish mumkin.

 

DAAD — ERP Study Scholarships grant dasturi

Kimlar uchun: bakalavr darajasini iqtisodiyot va biznes yoʻnalishlarda tamomlagan talabalar

Moliyalashtirish turi: dastur ishtirokchilarining o'qish kontraktidan boshqa barcha xarajatlari to'liq moliyalashtiriladi va talabalarga oylik stipendiya va qo'shimcha moddiy yordam taqdim etiladi.

Qabul vaqti: qabul har yili 29-oktyabrga qadar davom etadi.

Dastur haqida batafsil: DAAD - ERP Study Scholarships grant dasturi

Rasmiy havola: Dasturda kimlar ishtirok eta olishi, talabalar va imkoniyatlar bilan batafsil ushbu rasmiy havola orqali ma'lumot olish mumkin.

 

DAAD — Helmut-Schmidt-Programme dasturi

Helmut-Schmidt-Programme Masterʼs Scholarships dasturi DAAD tashkiloti tomonidan magistratura bosqichini Germaniyada davom ettirishni xohlovchi rivojlanayotgan davlat fuqarolari uchun tashkil etilgan. Dastur davomida 8 xil magistrlik kurslarida bepul oʻqish imkoniyati mavjud.

Kimlar uchun:  ijtimoiy va siyosiy fanlar, huquq, iqtisod, davlat siyosati va boshqaruvi kabi sohalarda bakalavr (yoki ekvivalent) darajasiga ega talabalar.

Moliyalashtirish turi: o'qish kontrakt toʻlovidan ozod etiladi va 931 yevro miqdoridagi oylik stipendiya bilan taʼminlanadi. Safar va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Qabul vaqti: qabul har yili taxminan 1-iyundan 31-iyulga qadar davom etadi.

Dastur haqida batafsil: DAAD Helmut-Schmidt-Programme dasturi

Rasmiy havola: Dasturda kimlar ishtirok eta olishi, talabalar va imkoniyatlar bilan batafsil ushbu rasmiy havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Ko'rib turganingizdek, Germaniyada bepul o'qish uchun imkoniyatlar talaygina. Sizdan kutilayotgan harakat esa maqsadni aniq qilib, dasturlarga ariza topshirishdan iborat. Germaniyada o'qishni haqiqatan niyat qilgan har bir talaba ushbu dasturlarda ishtirok etish uchun harakat qilib ko'rishi lozim. GrantGO.uz esa sizni shunday imkoniyatlarda boxabar qilishda davom etadi.

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar