Baholar tarjimasi (transcript) qanday qilinadi?
Xorijiy universitetlarga yoki har qanday grant dasturlariga ariza topshirishda Baholar tarjimasi doimiy so'raladigan hujjat hisoblanadi. Bu maqoladan Baholar tarjimasini qanday qilish haqida bilib olasiz.
Avvalo qilinadigan ish - maktab shahodotnomasi, diplom yoki reyting daftarchasi (zachyotka)ni skaner qilish.
Yoddan chiqarmangki, tarjima tugagandan keyin avval inglizcha keyin o'zbekcha skanerlar bitta word yoki pdf faylga joylashtiriladi.
Barcha turdagi grantlar uchun:
- Avvalo, tarjimani notariusdan tasdiqlatish zarur emas. Official Transcript deganda baholaringiz tarjimasining o'qiyotgan universitetingiz (masalan, dekanat) yoki boshqa ta'lim muassasasi rasmiylari tomonidan tasdiqlangani yetarli hisoblanadi.
- Tarjimani kimgadir pul berib qildirishingiz shart emas. O'zingiz uni bemalol qila olasiz. Fanlar tarjimasiga qiynalgan joyingizni "Google translate" orqali qilish mumkin, mazkur dastur hozirda ancha ishonarli tarjima qilyapti.
Tarjima qilish bosqichlari:
Odatda baholar tarjimasini o'zbekchasi bilan bir xil ko'rinishda qilishingiz mumkin. U 4 ta ustundan iborat bo'ladi:
1-ustun: Fanlar tartib raqami;
2-ustun: Fanlar nomi (inglizcha);
3-ustun: Fan bo'yicha jami o'qish soatlari yoki kreditlari (o'zbekchasida qanday bo'lsa shundayligicha);
4-ustun: Baholar (o'zbekchasida qanday bo'lsa shundayligicha);
Quyida DAAD va Irlandiya hukumatining magistratura uchun grantlari g'olibi Qudratxo'ja Musayevning UGRAD dasturi uchun tayyorlagan transkripti misolida jarayon bilan tanishib chiqamiz:
- Avvalo universitet va u tegishli vazirlikning to'liq nomi, ism familiyangiz va boshqa ma'lumotlar quyidagi ko'rinishda ingliz tiliga o'girilishi kerak (bunda "Google translator" yordamidan foydalanish mumkin):
Reyting daftarchasining asl nusxasi
2. Keyin esa yuqoridagi ko'rinishda bo'lgan reyting daftarcha baholari birin-ketin fanlar nomi bilan inglizchaga tarjima qilib chiqiladi.
Buning uchun 1-navbatda "Word"da quyidagi na'munada keltirilganidek 4 ta ustunli jadval yarating (fanlar tartib raqami, nomi, o'qilgan soati va baholar uchun bittadan).
Shu taxlitda har bir semestrda o'qilgan fanlarning inglizcha nomini va baholarni jadvalga joylashtirib chiqing. Har bir semestrda jadval tepasiga na'munada ko'rsatilganidek o'quv yili, kursingiz va semestrni ingliz tilida yozib chiqishni unutmang. Fanlar nomini tarjima qilishda yuqorida aytganimizdek, "Google translator"dan foydalanishingiz mumkin.
Agar siz "baho" tizimida o'qigan bo'lsangiz 4-ustundagi foizlar o'rniga (2-5) baholar yoziladi.
3. Transcript'ning eng oxirgi qismiga xuddi reyting daftarchadagidek kurs ishi va amaliyot baholari yoziladi.
Amaliyot bahosi
4. So'nggi qadam esa quyida keltirilganidek fakultet dekani yoki muhr qo'yayotgan boshqa ma'sul shaxsning "to'g'riligini tasdiqlayman" degan inglizchaga tarjima qilingan so'zlari bilan muhr va imzo talab qilinadi:
Mavzuga aloqador quyidagi maqolani ham o'qishingiz mumkin:
GPA nima? GPA'ning nega kerakligi va qanday hisoblanishi haqida batafsil
Ushbu havolada UGRAD grant dasturi uchun tayyorlangan transcript - baholar tarjimasiga na'munani ko'rishingiz mumkin.
Omad yor bo'lsin!