Germaniya almashinuv dasturi granti — International Excellence Scholarship (IES) ga hujjat topshirish bo'yicha qo'llanma

Germaniyada 1 semestr davomida o'qish imkonini beradigan xarajatlari to'liq qoplanadigan International Excellence Scholarship Program (IES) dasturiga qiziqayotgan va hujjat topshirmoqchi bo'lgan kuzatuvchilarimiz talaygina. Biz ushbu grantni yutishni niyat qilgan qilgan o'quvchilarimizga yordam berish maqsadida unga hujjat topshirish jarayonini soddalashtirgan holda tushuntirishga qaror qildik.

 

Eng avval sayt orqali ariza topshirishga o'tiladi: https://en.copernicusberlin.de/ies-application

Shundan so'ng ekraningizda quyidagi ko'rinishda ariza formasi paydo bo'ladi. Arizani to'ldirishni boshlashdan avval e'tibor beriladigan jihat - agar kiritiladigan ma'lumot majburiy bo'lsa, ma'lumot kategoriyasi yonida yulduzcha(*) belgisi turadi, ya'ni siz bu ma'lumotni kiritmasangiz arizangiz qabul qilinmaydi.

Keyingi jarayonlarni qismlarga bo'lgan holda, birin-ketin tushuntiramiz.

1. Shaxsiy ma'lumotlar (personal information).

Bu bosqichni boshlashdan avval qiladigan ishingiz:

  1. Shartlarga ko'ngan holda arizaning chap burchagidagi shaxsiy ma'lumotlaringizni bo'lishishga rozi ekanligingizni tasdiqlash;
  2. Dasturning o'ng burchakdagi linkda berilgan Youtube kanaliga a'zo bo'lish va uni tasdiqlash.

Shaxsiy ma'lumotlaringiz passportingizdagi inglizcha varianti bo'yicha kiritilishi lozim.

  • Ism (first name),
  • familiya (last name),
  • gender (bu yerda genderlar nemischa berilgan bo'lib, ketma ketligi - erkak, ayol yoki boshqa)
  • tug'ilgan sana (date of birth)
  • tug'ilgan joy (place of birth, masalan, Uzbekistan)
  • Fuqarolik (Citizenship, masalan, Uzbekistan)
  • Telefon raqam to'liq davlat kodi (+998) bilan (phone number with country code)
  • Elektron pochta manzili (Email - masalan: johndoe@gmail.com)

Bu ketma-ketlikdagi ma'lumotlar kiritib bo'lingach, ariza jadvalining boshqa shaxsiy ma'lumotlar kiritilishi kerak bo'lgan quyi qismiga o'tamiz:

  • Emergency contact - bunda IES dasturi vakillari siz bilan bog'lana olmay qolgan vaqtda aloqaga chiqishlari uchun ota-onangiz yoki o'zingizga yaqin bo'lgan qarindoshingiz, do'stingizning mobil raqami kiritilishi lozim. Siz u shaxsning sizga qanday qarindoshlik aloqasi borligini ham yozishingiz kerak (masalan, do'stim, otam, akam vhkz).
  • To'liq manzilingiz (xat yozish manzili - ko'cha, uy raqami, postal code, shahar, davlat). Masalan: : 71 Oybek, Tashkent, Uzbekistan, 100021.

Postal code'ni biz ko'pincha "pochta indeksi" yoki "zip kod" deb ataymiz.

O'zingiz yashaydigan manzilning pochta indeksi (postal code)ni qanday aniqlash mumkin?

  • Ijtimoiy tarmoqlardagi manzillaringiz linklari (Facebook, Instagram, Twitter vhkz. Masalan: instagram.com/grantgouz)
  • Ayni vaqtda tahsil olayotgan universitetingizning ingliz tilidagi nomi (Your university)
  • Universitetdagi o'qish yo'nalishingiz (your field of study)
  • Ayni vaqtda nechanchi kursda o'qiyotganingiz (current year of study)
  • Universitetni tugallash sanangiz (expected date of graduation)

Yuqoridagi ma'lumotlarni kiritib bo'lgach, shaxsiy ma'lumotlar (personal information) qismi tugaydi va navbatdagi qism -

2. Language skills (til ko'nikmalari).

qismini to'ldirishingiz kerak bo'ladi:

  • Nemis tilini bilish darajangiz (language level of German)ni belgilang - A1 dan C2'gacga
  • Ingliz tilini bilish darajangiz (language level of English)ni belgilang - A1 dan C2'gacha
  • Agar boshqa tillar (masalan, rus tili)ni bilsangiz, uni va bilish darajangizni (A1-C2) oxirgi qismiga qo'shib qo'yishingiz kerak (list other languages you know and their level). Misol uchun: Russian - B2

Suhbat va keyingi jarayonlarda dastur vakillari yuqoridagi ma'lumotlarni qanchalik to'g'ri kiritilganini tekshirib olishlari mumkin.

3. Kompyuter ko'nikmalari (computer skills) qismi.

Bu yerda siz berilgan har bir kompyuter dasturlaridan foydalana olish darajangiz (none, basic, intermediate, advanced yoki expert)ni belgilab chiqishingiz kerak. Masalan, MS Excel funksiyalaridan juda yaxshi foydalana olsangiz Advanced'ni belgilashingiz kerak. Hamma dasturlardan darajangizni belgilab chiqqandan keyin, agar ulardan boshqa yana biror dasturni bilsangiz oxirgi qatorga o'sha dasturni va bilish darajangizni qo'shib qo'yishingiz kerak.

4. ijtimoiy tarmoqlar bo'yicha ko'nikmalar (Social media knowledge).

         

Bunda siz har bir ijtimoiy tarmoqdan foydalana olish darajangiz (none, basic, intermediate, advanced yoki expert)ni belgilashingiz kerak. Masalan, instagramdan zo'r foydalana olsangiz "advanced" yoki "expert"ni belgilashingiz kerak.

5. Social skills - ijtimoiy ko'nikmalar.

Bu qismda har bir "social skill" bo'yicha qancha tajribangiz borligini kiritib chiqasiz. Masalan, siz universitetda 2 yil guruh sardori bo'lgan bo'lsangiz yoki shuncha muddat boshqa yetakchilik faoliyati bilan shug'ullangan bo'lsangiz "leadership experience"da "1-3 years" qismini tanlashingiz mumkin. Eslatib o'tamiz, arizangiz to'liq bo'lishi va qabul qilinishi uchun yonida yulduzchasi(*) bor barcha kategoriyalarni to'ldirishingiz shart hisoblanadi.

6. "Motivation" qismi.

Ko'pchilik dasturlar singari IES dasturida ham "Motivation" qismi eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Lekin boshqa dasturlarda farqli o'laroq, bu qismda berilgan har bir savolga javob 3 ta gapdan oshmasligi kerak.

1) Which goals do you want to achieve with this scholarship program (Ushbu stipendiya dasturi bilan qanday maqsadlarga erishmoqchisiz)?

Bunda berilgan savolga qisqa va lo'nda qilib, maksimum 3 ta gap bilan javob berilishi kerak.

2) How do you see your contribution to the fulfillment of Copernicus Berlin's goals (Copernicus Berlin maqsadlarini amalga oshirishdagi o'z hissangizni qanday ko'rasiz)?

Bunda siz mazkur dastur nima uchun aynan sizni tanlashi kerakligini qisqa va lo'nda yozib berishingiz kerak bo'ladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar(additional information) qismiga nimadir yozish majburiy emas.

7. Documents - hujjatlar qismi.

Hujjatlar qismi ham eng muhim sanalib, unga:

  • Maktab baholari, ya'ni shahodatnoma original tilida (School transcript in original language) PDF fayl shaklida;
  • Universitet baholari (zachyotka) original tilida (University transcript of records in original language) PDF fayl shaklida joylanishi kerak.

So'nggi muhim hujjat bu CV (Curriculum vitae) bo'lib, u shaxsiy fotosuratingiz bilan, PDF fayl shaklida, bir sahifadan oshmagan holda joylanishi kerak.

CV nima va u qanday tayyorlanadi?

 

8. Grant turini tanlash - so'nggi qism.

Siz 3 ta grant turidan birini tanlashingiz kerak:

  • Full Scholarship (extremely high competition) - to'liq grant (juda yuqori darajadagi raqobat);
  • Partial Scholarship Plus (high competition) - qisman grant "plus" (yuqori darajali raqobat);
  • Partial Scholarship (medium competition) - qisman grant (o'rtacha darajali raqobat).

9. Oxirgi qadam "submit" tugmasini bosish. 

Agar siz barcha ma'lumotlarni kiritgan bo'lsangiz, arizangiz qabul qilinadi va ekranda bu haqida ma'lumot chiqadi. Agarda qabul qilinmasa, yuqorida birorta to'ldirilmay qolib ketgan yonida yulduzchasi(*) bor ma'lumotlarni to'ldirib chiqishingiz zarur bo'ladi.

Barcha ishni yakunlaganingizdan so'ng sizning yagona vazifangiz kutish bo'ladi. Albatta, natijalar 1-2 kunda chiqib qolmaydi. Natijalar chiqishi muddati 1 oydan 5-6 oygacha bo'lishi mumkin. Bu bosqichdan o'tgach, dasturning Youtube kanali orqali beriladigan topshiriqlarni bajarishingiz kerak.

The International Excellence Scholarship Program(IES) dasturi haqida bu yerda tanishishingiz mumkin.

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar